logo

Tarbiyachi

O'quvchilarni kompleks rivojlantirish bo'limi
Откликнуться

Jahon School — salohiyatni kashf etamiz!

Bizning asosiy maqsadimiz — har bir o‘quvchining salohiyatini ochish, unda kuchli ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish va jamiyat uchun mas’uliyatli, namunali shaxslarni tarbiyalashdir.

Bu — siz orzu qilgan maktab!

Hozirda biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash uchun mehribon, mas’uliyatli va tashabbuskor TARBIYACHI izlamoqdamiz.

Agar siz bolalarni yaxshi ko‘rsangiz, ularning ta’lim va tarbiya jarayoniga hissa qo‘shishni istasangiz, sizni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.

Diqqat! Agar rezyume/ma’lumotnoma qoldirmasangiz, sizning nomzodligingiz ko‘rib chiqilmaydi.
Ariza shakli eng pastki qismda joylashgan bo‘lib, iltimos, unda qaysi lavozimga murojaat qilayotganingizni aniq ko‘rsating.
Tezroq javob olishni istasangiz, elektron pochtangiz, telefon raqamingiz va rezyumeni to‘liq kiriting.

Обязанности

Vazifalar:

  • 1–4-sinf o‘quvchilarining kun tartibini tashkil etish va nazorat qilish;
  • Uy vazifalarini bajarishda o‘quvchilarga ko‘maklashish;
  • O‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish;
  • Boshlang‘ich ta’lim fanlari bo‘yicha amaliy va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar tashkil etish;
  • Bolalarning xavfsizligi va intizomini ta’minlash;
  • Ota-onalar bilan muntazam aloqa olib borish;
  • Sinf va guruhdagi ijobiy psixologik muhitni shakllantirish;
  • Maktab tadbirlari va tarbiyaviy loyihalarda faol ishtirok etish;
  • O‘quvchilarning rivojlanishini kuzatib borish va hisobotlar tayyorlash.

Требования

Talablar:

  • Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy pedogogik ma'lumot;
  • Maktab yoki ta’lim muassasasida ish tajribasi;
  • O‘zbek tilini mukammal bilish, rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
  • Bolalar psixologiyasi va pedagogika asoslarini yaxshi bilish;
  • Kompyuter savodxonligi (Microsoft Office, Google Workspace);
  • Bolalar bilan ishlashga mehr va qiziqish.

Условия

Biz taklif qilamiz:

  • Suhbat natijalariga ko‘ra raqobatbardosh oylik maosh;
  • Zamonaviy va qulay ish muhiti;
  • Kompaniya hisobidan mazali tushlik;
  • Kasbiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari;
  • Kompaniya hisobidan trening va seminarlar;
  • Korporativ tadbirlar va ahil jamoa;
  • Bolalar rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.

Jahon School jamoasiga qo‘shiling va yosh avlodning ta’lim hamda tarbiyasiga o‘z hissangizni qo‘shing!

Расскажите об этой вакансии в соцсетях

Отклик на вакансию:

Я даю согласие на обработку перс. данных в соответствии с политикой конфиденциальности Jahon School