Jahon School — zamonaviy ta’lim yondashuviga ega xususiy maktab. Biz o‘z ishining ustasi, professional, mas’uliyatli va bolalar bilan til topisha oladigan tajribali tekvondo trenerini jamoamizga taklif etamiz. Agar siz sportsevar, o‘quvchilarda intizom, iroda va g‘alabaga intilish ruhini tarbiyalashni istasangiz, bizning jamoamizda o‘z o‘rningizni topasiz!
— Maktab o‘quvchilari uchun tekvondo bo‘yicha mashg‘ulotlarni yuqori saviyada rejalashtirish va o‘tkazish;
— Bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, texnik-taktik ko‘nikmalarini rivojlantirish;
— Mashg‘ulotlar davomida xavfsizlik qoidalari va intizomga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash;
— O‘quvchilarning sportdagi yutuqlari va individual o‘sishini nazorat qilib borish;
— Maktab nomidan shahar, Respublika va xalqaro turnirlarga sportchilarni tayyorlash va musobaqalarda ishtirok etish;
— Bolalarda sog‘lom turmush tarzi, iroda, matonat va o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantirish;
— Ota-onalar bilan bolaning sportdagi natijalari yuzasidan muntazam muloqot qilish;
— Maktabning sport tadbirlari, ko‘rgazmali chiqishlari va ichki musobaqalarini tashkil etishda qatnashish;
— Jahon School ichki tartib-qoidalari va standartlariga amal qilish.
— Jismoniy tarbiya yoki sport yo‘nalishidagi oliy ma’lumot (yoki tegishli sport sertifikatlari, malaka toifalari);
— Tekvondo bo‘yicha kamida 3 yillik murabbiylik tajribasi;
— Bolalar va o‘smirlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
— Mashg‘ulotlarni qiziqarli, xavfsiz va zamonaviy usullarda tashkil eta olish;
— O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashish;
— Mas’uliyat, talabchanlik, e’tiborlilik va bolalarga muhabbat;
— Jamoada ishlay olish hamda ota-onalar bilan o‘zaro hurmatga asoslangan muloqotni yo‘lga qo‘yish;
— Sport musobaqalarini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha tajriba afzallik beradi;
— Xususiy maktabda yoki sport klublarida ishlagan tajriba qo‘shimcha ustunlik sifatida qaraladi.
— Barqaror va o‘z vaqtida beriladigan oylik maosh (suhbat asosida kelishiladi); — Zamonaviy va qulay ish sharoiti: Tinchlik metro bekati yaqinida, Beruniy ko‘chasi, 83-uy;
— Motivatsion bonuslar va mukofot pullari;
— Professional rivojlanish va tajriba almashish imkoniyatlari;
— Ahil va qo‘llab-quvvatlashga tayyor pedagoglar jamoasi;
— Zarur sport anjomlari va inventarlar bilan to‘liq ta’minlangan zal;
— O‘z g‘oya va tashabbuslaringizni amalga oshirish uchun ochiq muhit;
— Kompaniya hisobidan bepul tushlik;
— Korporativ tadbirlar, jamoaviy uchrashuvlar va iliq muhit.