logo

Tadbir tashkilotchisi (Event manager)

Marketing bo'limi
Откликнуться

Jahon School o‘z marketing va jamoat bilan aloqalar bo‘limiga malakali va ijodkor Event Managerni qidirmoqda.

Ushbu lavozim maktabdagi barcha ichki va tashqi tadbirlarni (bayramlar, ochiq darslar, ota-onalar uchrashuvlari, PR va imij tadbirlari) tashkil etish, boshqarish va ularning yuqori darajada o‘tishini ta’minlash uchun mas’uldir.
Agar siz ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik salohiyatiga ega bo‘lsangiz — biz aynan sizni izlayapmiz!

Diqqat! Agar rezyume/ma’lumotnoma qoldirmasangiz, sizning nomzodligingiz ko‘rib chiqilmaydi.
Ariza shakli eng pastki qismda joylashgan — iltimos, unda
qaysi lavozimga murojaat qilayotganingizni aniq ko‘rsating.
Tezroq javob olishni istasangiz, elektron pochtangiz, telefon raqamingiz va rezyumeni to‘liq kiriting.

Обязанности

Asosiy vazifalar:

  • Maktabdagi barcha tadbirlarni (bayramlar, bitiruv kechalari, sport musobaqalari va boshqalar) rejalashtirish va tashkil etish;
  • Tadbirlar uchun joy, bezak, rekvizit va texnik jihozlarni tayyorlash;
  • Ekskursiyalar va sayohatlarni tashkil etish (yo‘nalish tanlash, transport, ruxsatnomalar, xavfsizlikni ta’minlash);
  • O‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • Tashqi pudratchilar (dekoratorlar, fotograf, transport, ovqatlanish xizmati va boshqalar) bilan ishlash;
  • Tadbirlar byudjetini tuzish va nazorat qilish;
  • Ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Telegram va boshqalar) uchun reklama materiallari, e’lonlar va postlar tayyorlash;
  • Tadbirlar va ekskursiyalar yakunida foto/video materiallar hamda hisobotlar tayyorlash.

Требования

Talablar:

  • Event-menejment, tadbirlarni tashkil etish yoki ta’lim sohasida kamida 1–2 yillik tajriba;
  • Tashkiliy qobiliyatlar — bir nechta vazifani bir vaqtda boshqara olish;
  • Yaxshi muloqot ko‘nikmalari — o‘quvchilar, pedagoglar va ota-onalar bilan til topisha olish;
  • Ijodkorlik va noodatiy, qiziqarli tadbirlarni o‘tkazish qobiliyati;
  • Mas’uliyat, aniqlik va intizomlilik;
  • Favqulodda vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish va muammoni hal etish ko‘nikmasi;
  • Bolalar bilan ishlashni yoqtirish, ularning xavfsizligi va qulayligiga e’tiborli bo‘lish;
  • Zarurat tug‘ilganda ish vaqtidan tashqari (kechqurun yoki dam olish kunlari) ishlashga tayyorlik.
    Asosiy ko‘nikmalar:
  • Rus tilini ish jarayonida bemalol qo‘llay olish darajasida bilish;
  • Kompyuter va zamonaviy raqamli vositalar (Word, Excel, Canva, Instagram, Telegram va boshqalar) bilan ishlay olish;
  • Ma’lumot sohasi: san’at, rejissura, event-menejment, ta’lim, psixologiya yoki menejment – afzal hisoblanadi;
  • Shaxsiy sifatlar: ekstravert, ijodkor, tartibli, empatik.

Условия

Biz taklif qilamiz:

  • Suhbat natijalariga ko‘ra belgilanadigan raqobatbardosh oylik maosh;
  • Zamonaviy va qulay ish muhiti: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
  • Ish vaqti: Dushanba–Juma 08:30–17:30, Shanba 08:30–12:30;
  • Mazali tushlik kompaniya hisobidan;
  • Kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari;
  • Korporativ tadbirlar, timbildinglar va do‘stona jamoa;
  • Yangi ta’lim madaniyati va maktab hayotining ijodiy rivojida faol ishtirok etish imkoniyati.
Расскажите об этой вакансии в соцсетях

Отклик на вакансию:

Я даю согласие на обработку перс. данных в соответствии с политикой конфиденциальности Jahon School