logo

Tabiiy fanlar o'qituvchilari

O'quv bo'limi
Откликнуться

Jahon School o‘z pedagogik jamoasiga malakali va tajribali tabiiy fanlar o‘qituvchilarini qidirmoqda.

Ushbu lavozim maktab o‘quvchilariga zamonaviy va yuqori sifatli ta’lim berish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Agar siz o‘z faningizni mukammal bilsangiz, bolalar bilan ishlashni yaxshi ko‘rsangiz va innovatsion yondashuvlarga ega bo‘lsangiz — sizni jamoamizga taklif etamiz!

Diqqat! Agar rezyume/ma’lumotnoma qoldirmasangiz, sizning nomzodligingiz ko‘rib chiqilmaydi.

Ariza shakli eng pastki qismda joylashgan bo‘lib, iltimos, unda qaysi fan (fizika /biologiya / kimyo va boshqalar) bo‘yicha murojaat qilayotganingizni aniq ko‘rsating.

Tezroq javob olishni istasangiz, elektron pochtangiz, telefon raqamingiz va rezyumeni to‘liq kiriting.

Обязанности

Asosiy vazifalar:

  • Maktab o‘quv dasturi asosida darslarni tayyorlash va o‘tkazish;
  • Har bir o‘quvchiga individual yondashuvni qo‘llash;
  • O‘quvchilar bilimini muntazam baholab borish va elektron jurnallarni yuritish;
  • Fan olimpiadalari va tanlovlarga o‘quvchilarni tayyorlash;
  • O‘qituvchilar bilan o‘zaro rivojlanish dasturlarida faol qatnashish;
  • Ochiq darslar, fan haftaliklari va maktab tadbirlarida ishtirok etish;
  • Ota-onalar bilan muntazam aloqa olib borish.

Требования

Talablar:

  • O‘z fani bo‘yicha oliy ma’lumot (pedagogika yoki mutaxassislik yo‘nalishi);
  • Maktab yoki ta’lim sohasida kamida 5 yil ish tajribasi;
  • Darslarni interaktiv va zamonaviy usullar bilan olib borish ko‘nikmasi;
  • O‘zbek tilida erkin so‘zlash, rus va ingliz tillarini bilish — afzallik;
  • Bolalarni yaxshi ko‘rish, sabr-toqatli va mas’uliyatli bo‘lish;
  • Jamoa bilan ishlay olish.

Условия

Biz taklif qilamiz:

  • Suhbat asosida belgilanadigan barqaror va raqobatbardosh oylik maosh;
  • Ish joyi: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
  • Zamonaviy va qulay ish muhiti;
  • Motivatsion bonuslar va mukofotlar;
  • Doimiy kasbiy rivojlanish (treninglar, seminarlar);
  • Texnika va metodik materiallar bilan to‘liq ta’minot;
  • Maktab hisobidan bepul tushlik;
  • Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari;
  • Do‘stona jamoa va korporativ tadbirlar.

Qo‘shimcha afzalliklar:

Boy tajriba, xorijiy til bilimlari, fan bo‘yicha sertifikatlar va IT ko‘nikmalarga ega bo‘lsangiz — alohida e’tibor qaratamiz.

Agar siz ta’lim berishga ishtiyoq bilan yondashsangiz va o‘quvchilar kelajagiga hissa qo‘shishni istasangiz — aynan sizni kutyapmiz!

Расскажите об этой вакансии в соцсетях

Отклик на вакансию:

Я даю согласие на обработку перс. данных в соответствии с политикой конфиденциальности Jahon School