logo

Ta'minotchi

Moliya bo'limi
Откликнуться

Jahon School moliya bo‘limiga Ta’minotchi lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Jahon School o‘zining Moliya bo‘limiga mas’uliyatli, tashkiliy qobiliyati kuchli va tajribali Ta’minotchi qidirmoqda.

Ushbu lavozim maktab ehtiyojlarini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, xarid jarayonlarini samarali tashkil etish hamda yetkazib beruvchilar bilan professional hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim pozitsiya hisoblanadi.

Agar siz muzokara olib borishni bilsangiz, xarid jarayonlarini puxta boshqara olsangiz va natijaga yo‘naltirilgan mutaxassis bo‘lsangiz — sizni jamoamizga taklif etamiz!

Diqqat! Agar rezyume/ma’lumotnoma qoldirmasangiz, nomzodligingiz ko‘rib chiqilmaydi.

Ariza shaklida qaysi lavozimga murojaat qilayotganingizni aniq ko‘rsating. Tezkor javob olish uchun telefon raqamingiz, elektron pochtangiz va to‘liq rezyumeni kiriting.

Обязанности

Asosiy vazifalar:

  • Maktab ehtiyojlari (kanselyariya, xo‘jalik mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, o‘quv jihozlari va inventar) bo‘yicha xarid jarayonini tashkil etish;
  • Yetkazib beruvchilarni izlash, tanlash va ular bilan muzokaralar olib borish;
  • Eng maqbul narx va sifat nisbatini ta’minlash;
  • Shartnomalar tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • Mahsulotlarning o‘z vaqtida va belgilangan hajmda yetkazilishini ta’minlash;
  • Ombor qoldiqlarini nazorat qilish va zarur buyurtmalarni rejalashtirish;
  • Xarid va ta’minot bo‘yicha haftalik va oylik hisobotlar tayyorlash;
  • Favqulodda ehtiyojlar yuzaga kelganda tezkor choralar ko‘rish.

Требования

Talablar:

  • Kamida 3 yillik ish tajribasi;
  • Oliy ma’lumot;
  • MS Office dasturlarida to‘liq ishlay olish;
  • Jamoada ishlash qobiliyati;
  • Aniqlik va bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarish ko‘nikmasi;
  • Stressga chidamlilik

Условия

Biz taklif qilamiz:

  • Suhbat asosida belgilanadigan raqobatbardosh oylik maosh;
  • Ish joyi: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
  • Ish vaqti: Dushanbadan Shanbagacha, 09:00 – 18:00;
  • Mazali tushlik kompaniya hisobidan;
  • Kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari;
  • Do‘stona jamoa, korporativ tadbirlar va timbildinglar.
Расскажите об этой вакансии в соцсетях

Отклик на вакансию:

Я даю согласие на обработку перс. данных в соответствии с политикой конфиденциальности Jahon School