ASOSIY VAZIFALAR:
— SAT English (Reading & Writing) yo‘nalishida darslarni samarali tashkil etish;
— SAT formatidagi topshiriq va testlarni tushuntirish hamda amaliyotda qo‘llash;
— Imtihonga tayyorgarlik jarayonini tizimli ravishda olib borish;
— Bilim va natijalar dinamikasini muntazam kuzatib, tahlil qilish;
— O'quvchilarga individual yondashuv asosida feedback berish va xatolar ustida ishlash;
— Zamonaviy va interaktiv ta’lim metodlarini qo‘llash;
— O‘quv materiallari hamda qo‘shimcha topshiriqlar ishlab chiqish;
— Yuqori natijalarga erishish uchun samarali ta’lim strategiyalarini qo‘llash.
SIZDAN KUTAMIZ:
— SAT English bo‘yicha 2–3 yillik tajriba;
— SAT Reading & Writing formatini yaxshi bilish;
— Individual yondashuv asosida dars tashkil eta olish;
— Zamonaviy va interaktiv metodlardan foydalana olish;
— Ingliz tilini yuqori darajada bilish;
— O‘quvchilar natijalarini tahlil qila olish;
— Mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish;
— Pedagogik yondashuv va o‘quvchilarga mehr bilan ishlash.
BIZ SIZGA TAKLIF QILAMIZ:
— Suhbat natijalariga ko‘ra raqobatbardosh oylik maosh;
— Zamonaviy va qulay ish muhiti
— Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
— Ish jadvali: dushanba–juma — 16:30–18:00;
— Kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari;
— Kompaniya hisobidan treninglar va o‘quv kurslari;
— Korporativ tadbirlar, teambuilding va do‘stona jamoa;
— Yangi ta’lim madaniyatini shakllantirishda ishtirok etish imkoniyati.