
Psixolog
O'quv bo'limi
Biz o‘quvchilar, ularning ota-onalari va o‘qituvchilari uchun ishonchli tayanch bo‘la oladigan, bolalar bilan mahalliy madaniy xususiyatlar kontekstida ishlashni biladigan professional mutaxassisni izlayapmiz.
Обязанности
Vazifalar:
- O‘quvchilarni maktabga qabul qilish jarayonida ishtirok etish.
- Bolalar va o‘smirlar uchun individual va guruhiy maslahatlar o‘tkazish.
- O‘quvchilarning hissiy holati, shaxsiy xususiyatlari va ijtimoiy ko‘nikmalarini diagnostika qilish.
- Moslashuv davrida hamrohlik qilish va nizoli holatlarni hal etishda yordam berish.
- Muloqot va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha treninglar tashkil etish va o‘tkazish.
- Ota-onalarni maslahat bilan ta’minlash va bolalar bilan ishlash natijalari haqida ularni xabardor qilish.
- O‘qituvchilarga motivatsiya, hissiy holat va o‘quvchilarning xulq-atvori xususiyatlari bo‘yicha maslahat berish.
Требования
Talablar:
- "Psixologiya", "Pedagogika va psixologiya" yoki shunga o‘xshash yo‘nalishlarda oliy ma’lumot.
- Maktabda kamida 5 yillik ish tajribasi.
- Rus va o‘zbek tillarini erkin bilish.
- Kompyuterda ishlash ko‘nikmalari: Office dasturlari, Google Docs, Google Sheets.
- O‘zbek mentaliteti, urf-odatlari va milliy qadriyatlarini chuqur tushunish.
Kasbiy sifatlar:
- Psixologik bilim va malaka.
- Boshqaruv va tashkiliy ko‘nikmalar.
- Rivojlangan kommunikativ va pedagogik qobiliyatlar.
- Yuridik va axloqiy savodxonlik.
- Yuqori stressga bardoshlilik va hissiy intellekt.
Условия
Biz taklif qilamiz:
- Zamonaviy va qulay ish muhiti (Tinchlik metro bekati yaqinida).
- 6 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha. (Shanba - qisqartirilgan ish kuni).
- Kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
- Raqobatbardosh oylik (Maosh tajriba asosida suhbatda kelishiladi).
- Kompaniya hisobidan mazali tushliklar.
- Bizning hisobdan o‘qishlar va treninglar.
- Jamoaviy tadbirlar, korporativlar va o‘sishga undovchi muhit.
Расскажите об этой вакансии в соцсетях