logo

Ota- onalarga xizmat ko'rsatish markazi xodimi

Ota- onalarga xizmat ko'rsatish markazi xodimi
Откликнуться

Jahon School o‘zining Ota-onalarga xizmat ko‘rsatish markazi jamoasiga xushmuomala, stressga chidamli va rivojlanishga intiladigan xodimni qidirmoqda.

Ushbu lavozim ota-onalar bilan kundalik muloqot qilish, ularning murojaatlarini qabul qilish va hal etish, uchrashuvlarni tashkil qilish hamda maktabdagi ota-onalar bilan bog‘liq tadbirlarda faol ishtirok etishni nazarda tutadi.

Agar siz odamlar bilan tez til topisha olsangiz, mas’uliyatli va tartibli bo‘lsangiz hamda ta’lim sohasida rivojlanishni istasangiz — sizni jamoamizga taklif etamiz!

📌 Diqqat! Agar rezyume/ma’lumotnoma qoldirmasangiz, sizning nomzodligingiz ko‘rib chiqilmaydi.
Ariza shakli eng pastki qismda joylashgan bo‘lib, iltimos, unda qaysi lavozimga murojaat qilayotganingizni aniq ko‘rsating.
Tezroq javob olishni istasangiz, elektron pochtangiz, telefon raqamingiz va rezyumeni to‘liq kiriting.

Обязанности

Asosiy vazifalar:

  • Ota-onalar bilan bog‘liq tadbirlar va uchrashuvlarda faol ishtirok etish;
  • Ota-onalardan telefon orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qilish va belgilangan nizom asosida ishlash;
  • Ota-onalarning savol va murojaatlarini tegishli mas’ullarga yetkazish va ularning yechimini nazorat qilish;
  • Rahbariyat, ustoz va murabbiylar bilan ota-onalar uchun zarur uchrashuvlarni tashkil etish;
  • Tashkil etilgan uchrashuvlar jarayonini muvofiqlashtirish va yakunlari bo‘yicha xulosa tayyorlash;
  • Ota-onalar bilan doimiy va sifatli kommunikatsiyani ta’minlash;
  • Markaz faoliyatiga oid ma’lumotlar va hujjatlar bilan ishlash.

Требования

Talablar:

  • Ota-onalar, mijozlar yoki murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha kamida 1 yillik tajriba;
  • O‘zbek tilini mukammal bilish;
  • Rus tilini bilish — afzallik;
  • Odamlar bilan xushmuomala va professional muloqot qila olish;
  • Stressli vaziyatlarda o‘zini boshqara olish;
  • Mas’uliyatli, tartibli va diqqatli bo‘lish;
  • Ekstrovert va odamlar bilan tez til topisha olish;
  • Word, Excel, Google Docs va Google Sheets dasturlarida ishlay olish;
  • Ta’lim sohasiga qiziqish va rivojlanishga intilish;
  • Sotuv yoki mijozlar bilan ishlash tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.

Условия

Biz taklif qilamiz:

  • Ish joyi: Jahon School, Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
  • Ish vaqti: Dushanbadan Shanbagacha, 08:00 – 18:00;
  • Yakshanba — dam olish kuni;
  • Ish vaqtidan tashqari ishlash talab etilmaydi;
  • 3 oylik sinov muddati;
  • Shanbadan tashqari kunlarda bepul tushlik;
  • Ta’lim sohasida katta tajribaga ega mutaxassislar bilan networking imkoniyati;
  • Kuchli va rivojlanishga intiluvchi jamoada ishlash;
  • Kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari;
  • Korporativ tadbirlar va jamoaviy loyihalarda ishtirok etish.

Agar siz shunchaki ish emas, balki ta’lim sohasidagi muhim muammolarga yechim berayotgan jamoaning bir qismi bo‘lishni istasangiz — biz sizni kutamiz!

Расскажите об этой вакансии в соцсетях

Отклик на вакансию:

Я даю согласие на обработку перс. данных в соответствии с политикой конфиденциальности Jahon School