logo

Ona tili/Adabiyot o'qituvchisi

O'quv bo'limi
Откликнуться

Jahon School o'quv bo'limga malakali va tajribali ona tili va adabiyot o‘qituvchisini qidirmoqda.

Ushbu lavozim maktabning o‘quv jarayonida o‘quvchilarni ona tili va adabiyot fanlaridan chuqur bilim bilan ta’minlash, darslarni sifatli va samarali o‘tkazish uchun muhim ahamiyatga ega. Agar siz mas’uliyatli, tajribali va pedagogik tafakkuri kuchli mutaxassis bo‘lsangiz — sizni jamoamizga taklif etamiz!

📌 Diqqat! Agar rezyume/ma’lumotnoma qoldirmasangiz, sizning nomzodligingiz ko‘rib chiqilmaydi.
Ariza shakli eng pastki qismda joylashgan bo‘lib, unda qaysi lavozimga murojaat qilayotganingizni aniq ko‘rsating. Tezroq javob olishni istasangiz, elektron pochtangiz, telefon raqamingiz va rezyumeni to‘liq kiriting.

Обязанности

Asosiy vazifalar:

  • Ona tili va adabiyot fanlaridan darslarni rejalashtirish va samarali o‘tkazish;
  • O‘quvchilarning bilim darajasini baholash va individual yondashuvni qo‘llash;
  • Dars rejasi va o‘quv materiallarini tayyorlash, yangilash va takomillashtirish;
  • O‘quvchilarda ona tili va adabiyotga qiziqish uyg‘otish;
  • Sinf va maktab ichidagi tadbirlar, konkurslar va musobaqalarda faol ishtirok etish;
  • O‘quvchilarning yozma va og‘zaki ishlarini baholash, hisobotlarni yuritish;
  • Pedagogik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.

Требования

Talablar:

  • Ona tili va adabiyot bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • Pedagogik tajriba (kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi afzal);
  • Pedagogik mahorat va o‘quvchilar bilan samarali ishlash ko‘nikmasi;
  • Mas’uliyatli, diqqatli va mustaqil ishlay oladigan bo‘lish;
  • Zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha darslar yoki tadbirlarni olib borishga tayyor bo‘lish.

Условия

Biz taklif qilamiz:

  • Suhbat asosida belgilanadigan raqobatbardosh oylik maosh;
  • Ish joyi: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
  • Ish vaqti: Dushanbadan jumagacha, 08:30 – 17:30; Shanba 8:30 - 12:30 gacha
  • Mazali tushlik kompaniya hisobidan;
  • Kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari;
  • Do‘stona jamoa, korporativ tadbirlar va timbildinglar.
Расскажите об этой вакансии в соцсетях

Отклик на вакансию:

Я даю согласие на обработку перс. данных в соответствии с политикой конфиденциальности Jahon School