Asosiy vazifalar:
1. Akademik yetakchilik:
- Maktabning akademik qarashlari va o‘qitish standartlarini ishlab chiqish hamda rivojlantirish.
- 1-11-sinfgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda ta’lim sifatining bir xilligi va yuqori darajasini ta’minlash.
- Maktab falsafasini kundalik dars amaliyotiga tatbiq etish.
2. O‘qitish sifati va metodologiya:
- Yagona dars standartlari va o‘qitish metodikasini ishlab chiqish hamda joriy etish.
- Dars rejalarining tuzilishi, o‘tilishi va baholash jarayonlarini nazorat qilish.
- Dars kuzatuvlarini (classroom observations) tahlil qilish va o‘qituvchilarga amaliy tavsiyalar berish.
3. O‘qituvchilar tarkibini rivojlantirish:
- Metodist(lar) faoliyatini nazorat qilish va ularga mentorlik qilish.
- Pedagogik mahorat darslari (workshops) va kasbiy rivojlanish sessiyalarini tashkil etish.
- O‘qituvchilarning individual rivojlanish rejalarini qo‘llab-quvvatlash.
4. O‘quv dasturi va Baholash:
- Fanlararo bog‘liqlik va o‘quv dasturlarining sinflar kesimida izchilligini nazorat qilish.
- Baholash tizimining pedagogik jihatdan to‘g‘ri va o‘quv maqsadlariga mosligini ta’minlash.
- Akademik natijalar tahlili asosida ta’limni yaxshilash tashabbuslarini ilgari surish.
5. Hamkorlik va Hisobdorlik:
- Maktab direktori va Tashkiliy ishlar bo‘yicha rahbar bilan yaqindan hamkorlik qilish.
- Direktorga akademik sifat, mavjud risklar va kutilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha aniq hisobotlar taqdim etish.
- Qabul komissiyasi, tartib-intizom va dars jadvali jamoalari bilan muvofiqlikda ishlash.