logo

Murabbiy (katta sinflar)

O'quvchilarni kompleks rivojlantirish bo'limi
Откликнуться

Jahon School — salohiyatni kashf etamiz!

Bizning asosiy maqsadimiz — har bir o‘quvchining salohiyatini ochish, unda kuchli ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish va jamiyat uchun mas’uliyatli, namunali shaxslarni tarbiyalashdir.

Bu — siz orzu qilgan maktab!

Agar siz yoshlar bilan ishlashni yaxshi ko‘rsangiz, jamoani boshqara olsangiz, kuchli kommunikatsiya va tashkiliy qobiliyatlarga ega bo‘lsangiz, Jahon School jamoasida siz uchun albatta joy bor.

Hozirda biz katta sinflar uchun tajribali MURABBIY izlamoqdamiz.

Обязанности

Vazifalar:

  • Biriktirilgan sinf o‘quvchilarining kundalik faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
  • Sinf jamoasini shakllantirish, ijobiy muhit yaratish va o‘quvchilarni motivatsiya qilish;
  • Ota-onalar bilan muntazam va samarali hamkorlik olib borish;
  • O‘quvchilarning davomatini, intizomini va rivojlanishini monitoring qilish;
  • O‘quvchilar bilan individual suhbatlar va mentorlik ishlarini tashkil etish;
  • Maktab ichki tadbirlari, ekskursiyalar va loyihalarni tashkil etishda ishtirok etish;
  • Fan o‘qituvchilari, psixolog va ma’muriyat bilan hamkorlikda ishlash;
  • Zarur hujjatlar, hisobotlar va sinfga oid ma’lumotlarni yuritish;
  • O‘quvchilarda liderlik, mas’uliyat va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • Maktab qadriyatlari va ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini ta’minlash.

Требования

Talablar:

  • Oliy ma’lumot (pedagogika, psixologiya yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar afzallik hisoblanadi);
  • Bolalar va o‘smirlar bilan ishlash bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba;
  • O‘zbek va rus tillarini erkin bilish;
  • Microsoft Office va Google Workspace dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;
  • Tashkiliy va boshqaruv qobiliyatiga ega bo‘lish;
  • Konfliktlarni hal qilish va samarali muloqot olib borish ko‘nikmasi.

Условия

Biz taklif qilamiz:

  • Suhbat natijalariga ko‘ra raqobatbardosh oylik maosh;
  • Zamonaviy va qulay ish muhiti;
  • Kompaniya hisobidan mazali tushlik;
  • Kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari;
  • Kompaniya hisobidan treninglar va malaka oshirish dasturlari;
  • Korporativ tadbirlar va do‘stona jamoa;
  • Yoshlar tarbiyasi va rivojlanishiga bevosita hissa qo‘shish imkoniyati.


    Jahon School jamoasiga qo‘shiling va yosh avlodning ta’lim hamda tarbiyasiga o‘z hissangizni qo‘shing!

Расскажите об этой вакансии в соцсетях

Отклик на вакансию:

Я даю согласие на обработку перс. данных в соответствии с политикой конфиденциальности Jahon School