logo

Murabbiy (katta sinflar)

Откликнуться

Jahon School o‘z pedagogik jamoasiga mas’uliyatli, mehribon va tashkiliy ko‘nikmalarga ega Murabbiy (Tyutor)ni ishga taklif etadi.

Ushbu lavozim o‘quvchilarni tarbiyaviy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, sinf ichidagi muhitni sog‘lom tashkil etish hamda maktab–o‘quvchi–ota-ona o‘rtasidagi samarali aloqani ta’minlash uchun muhim hisoblanadi.

Agar siz bolalar bilan ishlashni sevadigan, mas’uliyatli va ta’lim sohasida rivojlanishni istaydigan mutaxassis bo‘lsangiz — sizni jamoamizga taklif etamiz!

Diqqat! Rezyume (CV) yoki ma’lumotnoma qoldirilmagan nomzodlar ko‘rib chiqilmaydi.
Ariza shaklida murojaat qilinayotgan lavozim nomini aniq ko‘rsatish
, shuningdek, aloqa ma’lumotlari va to‘liq rezyumeni kiritish majburiy.
Tezkor javob olish uchun elektron pochta va telefon raqamingizni to‘liq yozing.

Обязанности

Asosiy vazifalar:

  • Biriktirilgan sinf o‘quvchilarining tarbiyaviy va ijtimoiy rivojlanishini nazorat qilish;
  • Sinf rahbari sifatida o‘quvchilar intizomi, davomat va ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;
  • O‘quvchilar bilan individual va guruhli tarbiyaviy suhbatlar olib borish;
  • Ota-onalar bilan muntazam aloqa o‘rnatish, uchrashuvlar va yig‘ilishlar tashkil etish;
  • Maktab ichki tadbirlari, loyihalar va sinfdan tashqari faoliyatlarni muvofiqlashtirish;
  • O‘quvchilar bilan bog‘liq ma’lumotlar va hisobotlarni yuritish;
  • Maktab ma’muriyati va fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ishlash;
  • O‘quvchilar xavfsizligi va farovonligini ta’minlash.

Требования

Talablar:

  • Pedagogika, psixologiya yoki ta’lim yo‘nalishida ma’lumot (yoki tegishli tajriba);
  • Murabbiy, tyutor yoki sinf rahbari sifatida ish tajribasi — afzallik;
  • Bolalar bilan ishlashda sabr-toqatli, mehribon va mas’uliyatli bo‘lish;
  • Tashkiliy va muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • Ota-onalar bilan to‘g‘ri va professional muloqot qila olish;
  • Hujjatlar va hisobotlar bilan ishlash qobiliyati;
  • Jamoada ishlay olish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmasi.

Условия

Biz taklif qilamiz:

  • Suhbat asosida belgilanadigan raqobatbardosh oylik maosh;
  • Barqaror ish o‘rni va professional pedagogik muhit;
  • Ish vaqti: Dushanbadan jumagacha 08:30 – 18:00
    shanba qisqartirilgan ish kuni;
  • Mazali tushlik kompaniya hisobidan;
  • Ta’lim sohasida kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari;
  • Do‘stona jamoa, maktab tadbirlari va timbildinglar.
Расскажите об этой вакансии в соцсетях

Отклик на вакансию:

Я даю согласие на обработку перс. данных в соответствии с политикой конфиденциальности Jahon School