logo

Murabbiy (katta sinflar)

O'quvchi kamoloti bo'limi
Откликнуться

Jahon School o‘z jamoasiga mehribon, fidoyi, mas’uliyatli va o‘quvchilar bilan ishlashda yondashuvi zamonaviy bo‘lgan Katta sinflarga Murabbiylarni ishga taklif etadi.

Ushbu lavozim nafaqat o‘quvchilarning kundalik holatini kuzatish, balki ularning ijtimoiy-psixologik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ota-onalar bilan samarali aloqada bo‘lish va maktab muhitida mehr-muhabbatni mustahkamlashni o‘z ichiga oladi. Kurator o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik bo‘lishi bilan birga, tarbiyaviy va axloqiy jarayonlarda faol ishtirok etadi.

Обязанности

Vazifalar:

  • O‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini doimiy tahlil qilish (Excel, Google Sheets, elektron jurnal bilan ishlash ko‘nikmasi);
  • O‘zlashtirishda qiyinchiliklarga uchrayotgan o‘quvchilarni aniqlash va ularga yordam choralarini rejalashtirish;
  • Fan o‘qituvchilari va psixolog bilan o‘quvchining o‘sishiga yo‘naltirilgan tizimli hamkorlik o‘rnatish;
  • Rus sinfdan o‘zbek sinfga o‘tgan o‘quvchilar bilan individual ishlash;
  • Har kuni 1 soat mutolaa darsini o‘tkazish va o‘quvchilarni kitob o‘qishga qiziqtira olish;
  • Ota-onalar bilan muntazam ravishda aloqa qilish: tavsiya, tahlil, maslahatlar berish;
  • Har oy sinfi bo‘yicha qisqa monitoring hisoboti tayyorlash (akademik, ijtimoiy, axloqiy rivojlanish).

Требования

Sizdan kutamiz: 

  • Pedagogika, psixologiya, ta’lim yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
  • Kamida 2 yil maktabda o‘quvchilar bilan ishlash tajribasi (ustoz, kurator, psixolog, tarbiyachi yoki shunga yaqin lavozimda);
  • O‘quvchilarning baholari va xulq-atvorini tahlil qilish bo‘yicha tajriba (data bilan ishlay olish);
  • Ota-onalar bilan samarali muloqot olib borish bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lish;
  • Rus va o‘zbek tillarini yaxshi darajada bilish (moslashuvni kuzatish uchun).

Shaxsiy fazilatlar: 

  • O‘quvchilarga nisbatan mehribon, sabrli va empatiyaga ega bo'lish;
  • Tashabbuskor va ijobiy muhit yaratishga intiluvchan bo'lish;
  • Tizimli fikrlovchi va tahlil qila oladigan bo'lish (problem-solving ko‘nikmalari kuchli);
  • Yaxshi tinglovchi va muammoni chuqur tushunishga harakat qiluvchi bo'lish;
  • Ota-ona va o‘qituvchilar bilan muvozanatli, diplomatik muloqot qila oladigan bo'lish;

Условия

Nima taklif qilamiz?

  • Barqaror va o‘z vaqtida ish haqi (intervyu asosida belgilanadi);
  • Zamonaviy va qulay ish muhiti: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
  • Motivatsion bonuslar va mukofotlar;
  • Doimiy kasbiy rivojlanish, treninglar, seminarlar;
  • Quvnoq va kuchli pedagoglar jamoasi;
  • Texnika va uslubiy materiallar bilan to‘liq ta’minot;
  • O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun ochiq muhit.
  •  Maktab ochilgach — kompaniya hisobidan bepul tushlik;
  • Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari;
  • Jamoaviy tadbirlar, korporativlar, samimiy va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.

🟢 Agar siz farzandlar tarbiyasiga befarq bo‘lmagan, fidokor va g‘ayratli bo‘lsangiz – Jahon School sizni kutmoqda!


Расскажите об этой вакансии в соцсетях

Отклик на вакансию:

Откликаясь на вакансию, вы даете согласие на обработку ваших персональных данных и соглашаетесь с политикой конфиденциальности Jahon School