logo

Murabbiy

O'quv bo'limi
Вакансия уже неактуальна и находится в архиве

Agar siz bolalar ta’limi va tarbiyasiga befarq bo‘lmasangiz, mehribon va mas’uliyatli bo‘lsangiz — biz aynan sizni qidiryapmiz! Katta va kichik sinflar bilan ishlay oladigan, zamonaviy yondashuvga ega murabbiylarni jamoamizga taklif etamiz.

📌Agar rezyume/ma'lumotnoma qoldirmasangiz sizning nomzodligingiz ko'rib chiqilmaydi (Ma'muriy lavozimlardan tashqari).

Ariza shakli eng pastki qismda joylashgan bo‘lib, iltimos, unda albatta qaysi lavozimga murojaat qilayotganingizni aniq ko‘rsating.


Tezroq javob olishni istasangiz, elektron pochtangiz va rezyumeni to‘g‘ri va to‘liq kiritishingiz zarur. Aks holda, siz bilan bog‘lanish imkoniyati bo‘lmasligi mumkin.

Обязанности

Murabbiy nima qiladi?

  • O‘quvchilarning darsga qatnashuvi va xulqini kuzatadi;
  • Ularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga ko‘maklashadi;
  • Muammolarni erta aniqlab, yechimlar taklif qiladi
  • Ota-onalar bilan doimiy aloqada bo‘ladi;
  • Uy vazifalari va darsdan tashqari faoliyatni nazorat qiladi;
  • Psixolog, sinf rahbari va boshqa mutaxassislar bilan birga ishlaydi;
  • Tarbiyaviy tadbirlar tashkillashtiradi va faol ishtirok etadi.

Требования

Sizdan kutamiz:

  • Pedagogika yoki psixologiya yo‘nalishida oliy ma’lumot;
  • Bolalarni chin dildan sevish va ular uchun mas’uliyat sezish;
  • Tashabbuskorlik, jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • O'z ona tiliga qo'shimcha ravishda rus yoki ingliz tillaridan birida erkin muloqot qilish.

Условия

Biz taklif qilamiz:

  • Barqaror va o‘z vaqtida ish haqi (intervyu asosida belgilanadi);
  • Zamonaviy va qulay ish muhiti: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
  • Doimiy kasbiy rivojlanish, treninglar, seminarlar;
  • Quvnoq va kuchli pedagoglar jamoasi;
  • Texnika va uslubiy materiallar bilan to‘liq ta’minot;
  • O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun ochiq muhit.
  • Maktab ochilgach — kompaniya hisobidan bepul tushlik;
  • Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari;
  • Jamoaviy tadbirlar, korporativlar, samimiy va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.

Jahon School — o'quvchilarni katta hayotga kompleks tayyorlash missiyasi.

Вакансия уже неактуальна и находится в архиве