logo

Moliyachi

Moliya bo'limi
Откликнуться

Jahon School o‘zining moliyaviy bo‘limi uchun mas’uliyatli va tajribali moliyachini qidirmoqda.

Ushbu lavozim maktabning moliyaviy jarayonlarini to‘g‘ri yuritish, hisob-kitoblar aniqligini ta’minlash va kompaniyaning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish uchun mas’ul bo‘lgan muhim administrativ-texnik pozitsiyadir.
Agar siz aniqlikni yaxshi ko‘radigan, mas’uliyatli va moliyaviy tahlil ko‘nikmalariga ega mutaxassis bo‘lsangiz — biz sizni jamoamizga taklif etamiz!

📌 Diqqat! Agar rezyume/ma’lumotnoma qoldirmasangiz, sizning nomzodligingiz ko‘rib chiqilmaydi.
Ariza shakli sahifa oxirida joylashgan bo‘lib, iltimos, unda qaysi lavozimga murojaat qilayotganingizni aniq ko‘rsating.
Tezkor javob olishni istasangiz, elektron pochtangiz, telefon raqamingiz va rezyumeni to‘liq kiriting.

Обязанности

Asosiy vazifalar:

  • Moliyaviy strategiya ishlab chiqish;
  • Moliyaviy qarorlar qabul qilishda ishtirok etish;
  • Risklarni boshqarish;
  • Budjetni boshqarish va nazorat qilish;
  • Budjetni rejalashtirish;
  • Loyihalar rentabelligini baholash;
  • Moliyaviy prognozlar tuzish;
  • Moliyaviy modellashtirish;
  • Harajatlarni tahlil qilish va optimallashtirish;
  • Moliyaviy hisobotlarni tekshirish;
  • Xavf-xatarlarni aniqlash va baholash;
  • Pul oqimini boshqarish;
  • Hodimlarning qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda vazifalarni taqsimlash;
  • Hamkorlar bilan tuziladigan shartnomalarda qatnashish;
  • Oylik maoshlarni hisoblash.

Требования

Talablar:

  • Google Sheets va Excel dasturlarida yuqori darajada ishlay olish;
  • Buxgalteriya va moliyaviy hisob uchun mo‘ljallangan onlayn platformalardan va saytlardan foydalana olish;
  • Kompyuter savodxonligi (Office dasturlari, elektron hujjatlar bilan ishlash);
  • Rus tili — kamida B2 daraja;
  • Moliya sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
  • Mutaxassislik yo‘nalishi: moliya yoki buxgalteriya;
  • Moliya sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
  • Mas’uliyatli, diqqatli va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish.

Условия

Biz taklif qilamiz:

  • Suhbat asosida belgilanadigan raqobatbardosh oylik maosh;
  • Ish joyi: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
  • Ish vaqti: dushanbadan- jumagacha- 09:00 – 18:00; shanba qisqartirilgan ish kuni
  • Mazali tushlik kompaniya hisobidan;
  • Kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari;
  • Do‘stona jamoa, korporativ tadbirlar va timbildinglar.
Расскажите об этой вакансии в соцсетях

Отклик на вакансию:

Я даю согласие на обработку перс. данных в соответствии с политикой конфиденциальности Jahon School