Jahon School — zamonaviy va innovatsion yondashuvga ega xususiy maktab. Biz o‘quvchilarga sifatli ta’lim berishga intiladigan, o‘z kasbiga mas’uliyat va mehr bilan yondashadigan KUTUBXONACHILARNI jamoamizga taklif qilamiz.
Vazifalar:
— Maktab kutubxonasi faoliyatini tashkil etish va tartibni saqlash;
— Kitoblarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, joylashtirish va hisobini yuritish;
— O‘quvchilar va o‘qituvchilarga kerakli adabiyotlarni tanlashda yordam berish;
— Kitob berish va qaytarish jarayonlarini nazorat qilish;
— Kutubxona fondini muntazam ravishda yangilab borish;
— O‘quvchilarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etish.
Sizdan kutamiz:
— Kutubxonachi lavozimida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
— Kitob va adabiyotga qiziqish;
— Tartiblilik, mas’uliyatlilik va e’tiborlilik;
— O‘quvchilar bilan xushmuomala va samarali muloqot qila olish;
— Kompyuter dasturlaridan foydalana olish;
— Tashabbuskorlik va jamoada ishlash ko‘nikmasi.
Biz sizga taklif qilamiz:
— Suhbat natijalariga ko‘ra raqobatbardosh oylik maosh;
— Zamonaviy va qulay ish muhiti: Tinchlik metrosi yaqinida, — Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
— Ish jadvali: Dushanba–Juma 08:00–17:10, Shanba 09:00–13:00;
— Kompaniya hisobidan mazali tushlik;
— Kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari;
— Kompaniya hisobidan treninglar va o‘quv kurslari;
— Korporativ tadbirlar, timbilding va do‘stona jamoa;
— Yangi ta’lim madaniyatini shakllantirishda ishtirok etish.