logo

Kutubxonachi

O'quvchilar bilan ishlash bo'limi
Откликнуться

Biz haqimizda:

Jahon School — bu xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy xususiy maktab bo‘lib, o‘quvchilarning o‘qish madaniyatini rivojlantirish va bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun kuchli kutubxona tizimiga ega bo‘lishni o‘z maqsadlaridan biri qilib olgan.

📌Agar rezyume/ma'lumotnoma qoldirmasangiz sizning nomzodligingiz ko'rib chiqilmaydi.

Ariza shakli eng pastki qismda joylashgan bo‘lib, iltimos, unda albatta qaysi lavozimga murojaat qilayotganingizni aniq ko‘rsating.

Tezroq javob olishni istasangiz, elektron pochtangiz,telefon raqamingizni va rezyumeni to‘g‘ri va to‘liq kiritishingiz zarur. Aks holda, siz bilan bog‘lanish imkoniyati bo'lmaydi!

Обязанности

Lavozim vazifalari:

  • Maktab kutubxonasining kundalik faoliyatini tashkil qilish va yuritish;
  • Kitoblar, darsliklar va boshqa axborot resurslarini tartibga solish va saqlash;
  • O‘quvchilar va o‘qituvchilarga kerakli materiallarni topishda yordam berish;
  • Kutubxona fondini yangilash, yangi kitoblar xaridi bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Elektron kutubxona tizimi (agar mavjud bo‘lsa) bilan ishlash;
  • O‘quvchilarga kitobxonlik madaniyatini singdirish bo‘yicha loyihalar va tadbirlar tashkillashtirish;
  • Darsliklarning berilishi va qaytarilishi bo‘yicha hisob yuritish.

Требования

Talablar:

  • Axborot-resurs markazi, kutubxona ishi yoki pedagogika sohasida o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot;
  • Kutubxona sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi.
  • Maktab yoki boshqa ta’lim muassasasida kutubxonachi sifatida tajriba afzal.
  • Kutubxona tizimlarini boshqarish ko‘nikmasi;
  • Bolalar va o‘smirlar bilan ishlash qobiliyati;
  • Kitoblar va adabiyotlar bilan ishlashda tartib va aniqlik;
  • Kompyuter savodxonligi (MS Excel, Word, elektron kataloglar bilan ishlash).

    Shaxsiy fazilatlar:
  • Madaniyatli va xushmuomala bo‘lish;
  • Diqqatli, tashkilotchilik qobiliyatiga ega;
  • O‘qishga va bolalar bilan ishlashga qiziqishli.

Условия

Nima taklif qilamiz?

  • Ish grafigi: 8:00-17:00;
  • Barqaror va o‘z vaqtida ish haqi (suhbat asosida belgilanadi);
  • Zamonaviy va qulay ish muhiti: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
  • Doimiy kasbiy rivojlanish, treninglar, seminarlar;
  • Quvnoq va kuchli pedagoglar jamoasi;
  • Texnika va uslubiy materiallar bilan to‘liq ta’minot;
  • O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun ochiq muhit;
  •  Maktab ochilgach — kompaniya hisobidan bepul tushlik;
  • Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari;
  • Jamoaviy tadbirlar, korporativlar, samimiy va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.
Расскажите об этой вакансии в соцсетях

Отклик на вакансию:

Откликаясь на вакансию, вы даете согласие на обработку ваших персональных данных и соглашаетесь с политикой конфиденциальности Jahon School