logo

Kulolchilik to'garagi

O'quvchilarni rivojlantirish bo'limi
Откликнуться

To‘garak haqida:
“Kulolchilik” to‘garagi o‘quvchilarda ijodkorlik, estetik did va qo‘l mehnati ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Mashg‘ulotlarda loy bilan ishlash, shakl berish, bezash va pishirish jarayonlari o‘rgatiladi. Bu jarayonlar o‘quvchilarning sabr-toqati, diqqatini jamlash qobiliyati va badiiy didini shakllantirishga yordam beradi.


📌Agar rezyume/ma'lumotnoma qoldirmasangiz sizning nomzodligingiz ko'rib chiqilmaydi (Ma'muriy lavozimlardan tashqari).

Ariza shakli eng pastki qismda joylashgan bo‘lib, iltimos, unda albatta qaysi lavozimga murojaat qilayotganingizni aniq ko‘rsating.


Tezroq javob olishni istasangiz, elektron pochtangiz va rezyumeni to‘g‘ri va to‘liq kiritishingiz zarur. Aks holda, siz bilan bog‘lanish imkoniyati bo‘lmasligi mumkin.

Обязанности

Vazifalar:

  • Loy va boshqa materiallar bilan ishlash texnologiyalarini o‘rgatish;
  • Shakl berish, naqsh tushirish va bezash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish;
  • Har bir o‘quvchining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va rag‘batlantirish;
  • Xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ish jarayonini tashkil etish;
  • Tayyor mahsulotlarni ko‘rgazmaga tayyorlash va taqdim etish;
  • To‘garak darslarini tizimli va samarali rejalashtirish.

Требования

Talablar:

  • Kulolchilik san’ati bo‘yicha amaliy tajriba va nazariy bilim;
  • Loy ishlash, shakl berish, bezash va pishirish texnologiyalarini bilish;
  • Naqsh va dizayn ishlari bo‘yicha estetik did;
  • Bolalar bilan ishlash ko‘nikmasi va pedagogik yondashuv;
  • Ish xavfsizligi va sanitariya qoidalarini bilish;
  • Material va asbob-uskunalar bilan ishlashda mas’uliyat.

Условия

Biz taklif qilamiz:

  • Barqaror va o‘z vaqtida ish haqi (suhbat asosida belgilanadi);
  • Zamonaviy va qulay ish muhiti: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
  • Doimiy kasbiy rivojlanish, treninglar, seminarlar;
  • Texnika va uslubiy materiallar bilan to‘liq ta’minot;
  • O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun ochiq muhit;
  • Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari;
  • Jamoaviy tadbirlar, korporativlar, samimiy va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.
Расскажите об этой вакансии в соцсетях

Отклик на вакансию:

Откликаясь на вакансию, вы даете согласие на обработку ваших персональных данных и соглашаетесь с политикой конфиденциальности Jahon School