logo

Kimyo fani ustozi

O'quv bo'limi
Вакансия уже неактуальна и находится в архиве

Biz kimmiz?

Jahon School — zamonaviy va innovatsion yondashuvga ega xususiy maktab bo‘lib, o‘quvchilarga yuqori sifatli ta’lim, kuchli ustozlar jamoasi va xalqaro standartlarga mos o‘quv dasturlarini taqdim etadi.

📌Agar rezyume/ma'lumotnoma qoldirmasangiz sizning nomzodligingiz ko'rib chiqilmaydi.

Ariza shakli eng pastki qismda joylashgan bo‘lib, iltimos, unda albatta qaysi lavozimga murojaat qilayotganingizni aniq ko‘rsating.

Tezroq javob olishni istasangiz, elektron pochtangiz va rezyumeni to‘g‘ri va to‘liq kiritishingiz zarur. Aks holda, siz bilan bog‘lanish imkoniyati bo‘lmasligi mumkin.


Обязанности

Vazifalar:

  • Maktabning o‘quv dasturi asosida darslarni tayyorlash va o‘tkazish;
  • Har bir o‘quvchiga individual yondashuvni qo‘llash;
  • O‘quvchilar bilimini muntazam baholab borish, elektron jurnallarni yuritish;
  • Fan olimpiadalari va tanlovlarga o‘quvchilarni tayyorlash;
  • O‘qituvchilar bilan o‘zaro rivojlanish dasturlarida faol qatnashish;
  • Ochiq darslar, fan haftaliklari va maktab tadbirlarida faol ishtirok etish;
  • Ota-onalar bilan doimiy aloqa olib borish.

Требования

Sizdan kutamiz:

  • O‘z fani bo‘yicha oliy ma’lumot (pedagogika yoki mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha);
  • Maktabda yoki ta’lim sohasida kamida 5 yil tajriba;
  • Xususiy maktabda kamida 1 yillik ish tajribasi afzallik hisoblanadi;
  • Darslarni interaktiv va zamonaviy usullar bilan olib borish ko‘nikmasi;
  • O‘zbek tilida erkin so‘zlash, rus va ingliz tillarini bilish — afzallik;
  • Bolalarni yaxshi ko‘rish, sabr-toqatli bo'lish, jamoa bilan ishlay olish.

Условия

Nima taklif qilamiz?

  • Barqaror va o‘z vaqtida ish haqi (intervyu asosida belgilanadi);
  • Zamonaviy va qulay ish muhiti: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
  • Motivatsion bonuslar va mukofotlar;
  • Doimiy kasbiy rivojlanish, treninglar, seminarlar;
  • Quvnoq va kuchli pedagoglar jamoasi;
  • Texnika va uslubiy materiallar bilan to‘liq ta’minot;
  • O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun ochiq muhit;
  •  Maktab ochilgach — kompaniya hisobidan bepul tushlik;
  • Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari;
  • Jamoaviy tadbirlar, korporativlar, samimiy va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.

Qo‘shimcha afzalliklar:

✅ Boy tajriba, xorijiy til bilimlari, mutaxassislik fan bo'yicha sertifikatlar va/yoki IT ko'nikmalarga ega bo'lsangiz – alohida e’tibor qaratamiz.

✅ Bolalar bilan ishlashni yaxshi ko‘rsangiz – siz bizga keraksiz!

Вакансия уже неактуальна и находится в архиве