logo

Kassir (G'aznachi)

Moliya bo'limi
Откликнуться

Biz haqimizda

Jahon School — bu zamonaviy, xalqaro standartlarga mos xususiy maktab bo‘lib, moliyaviy tartib-intizom va shaffoflikni o‘z faoliyatining muhim qismiga aylantirgan. Biz maktabdagi barcha to‘lovlar, hisob-kitoblar va moliyaviy hujjatlar bilan ishlay oladigan mas’uliyatli va ishonchli kassirni izlayapmiz.


📌Agar rezyume/ma'lumotnoma qoldirmasangiz sizning nomzodligingiz ko'rib chiqilmaydi.

Ariza shakli eng pastki qismda joylashgan bo‘lib, iltimos, unda albatta qaysi lavozimga murojaat qilayotganingizni aniq ko‘rsating.


Tezroq javob olishni istasangiz, elektron pochtangiz,telefon raqamingizni va rezyumeni to‘g‘ri va to‘liq kiritishingiz zarur. Aks holda, siz bilan bog‘lanish imkoniyati bo'lmaydi!

Обязанности

Lavozim vazifalari:

  • Naqd va naqdsiz to‘lovlarni qabul qilish, hisobga olish va rasmiylashtirish;
  • Kundalik kassa operatsiyalarini yuritish va hisobot tayyorlash;
  • Kassa kitobi va hujjatlarini yuritish, kassa intizomiga rioya qilish;
  • Ota-onalar va tashrif buyuruvchilar bilan to‘lov bo‘yicha muloqot qilish;
  • To‘lov kvitansiyalari va hisob-fakturalarni taqdim etish;
  • Moliya bo‘limi bilan doimiy aloqada ishlash va har qanday moliyaviy hujjatlarni o‘z vaqtida topshirish.

Требования

Talablar:

Ta’lim va tajriba:

  • Moliyaviy, iqtisodiy yoki buxgalteriya yo‘nalishida o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot;
  • Kamida 1-2 yillik kassir sifatida ish tajribasi (maktab yoki ta’lim muassasasi tajribasi afzal).

Kasbiy ko‘nikmalar:

  • Naqd pul va elektron to‘lov tizimlarida ishlash qobiliyati;
  • Diqqat-e’tiborli va mas’uliyatli bo‘lish;
  • MS Excel va 1C (yoki boshqa buxgalteriya dasturlari) bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • Muloqot qilish va xizmat ko‘rsatish madaniyatiga ega bo‘lish.

Shaxsiy fazilatlar:

  • Halollik va ishonchlilik;
  • Tashkiliy qobiliyat va o‘z vaqtida ishni bajarish;
  • Stressga chidamli va jamoada ishlay olish.

Условия

Biz sizga taklif qilamiz:

  • Ish vaqti: 6/1 , 9:00-18:00 gacha;
  • Barqaror va o‘z vaqtida ish haqi (suhbat asosida belgilanadi);
  • Zamonaviy va qulay ish muhiti: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
  • Doimiy kasbiy rivojlanish, treninglar, seminarlar;
  • Texnika va uslubiy materiallar bilan to‘liq ta’minot;
  • Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari;
  • Jamoaviy tadbirlar, korporativlar, samimiy va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.
Расскажите об этой вакансии в соцсетях

Отклик на вакансию:

Откликаясь на вакансию, вы даете согласие на обработку ваших персональных данных и соглашаетесь с политикой конфиденциальности Jahon School