logo

Elektrik

Xo'jalik bo'limi
Откликнуться

Jahon School o‘z texnik xizmat ko‘rsatish jamoasiga malakali va tajribali elektrikni qidirmoqda.

Ushbu lavozim maktabning elektr ta’minoti tizimlari, yoritish va jihozlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan muhim texnik pozitsiyadir.

Agar siz mas’uliyatli, tajribali va texnik tafakkuri kuchli mutaxassis bo‘lsangiz — sizni jamoamizga taklif etamiz!

Diqqat! Agar rezyume/ma’lumotnoma qoldirmasangiz, sizning nomzodligingiz ko‘rib chiqilmaydi.

Ariza shakli eng pastki qismda joylashgan bo‘lib, iltimos, unda qaysi lavozimga murojaat qilayotganingizni aniq ko‘rsating.

Tezroq javob olishni istasangiz, elektron pochtangiz, telefon raqamingiz va rezyumeni to‘liq kiriting.

Обязанности

Asosiy vazifalar:

  • Maktab binosi va hududidagi elektr tarmoqlari, yoritish tizimlari va uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • Elektr jihozlarini o‘rnatish, ta’mirlash va almashtirish;
  • Elektr panellari, avtomatlar va transformatorlar bilan xavfsiz ishlash;
  • Chiller, kotyol va boshqa texnik tizimlarning elektr qismlarini nazorat qilish;
  • Elektr ta’minotidagi nosozliklarni tezkor aniqlash va bartaraf etish;
  • Rejalashtirilgan profilaktik ko‘riklarni o‘tkazish va hisob hujjatlarini yuritish;
  • Texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish.
     

Требования

Talablar:

  • Elektrik sifatida kamida 3 yillik ish tajribasi;
  • Transformator, avtomatika va yoritish tizimlari bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;
  • Elektr tarmoqlari bilan xavfsiz ishlash ko‘nikmasi;
  • Mas’uliyatli, diqqatli va mustaqil ishlay oladigan bo‘lish;
  • Zarurat tug‘ilganda kechiktirib bo‘lmaydigan texnik ishlarni bajarishga tayyor bo‘lish.

Условия

Biz taklif qilamiz:

  • Suhbat asosida belgilanadigan raqobatbardosh oylik maosh;
  • Ish joyi: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
  • Ish vaqti: Dushanbadan Shanbagacha, 09:00 – 18:00;
  • Mazali tushlik kompaniya hisobidan;
  • Kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari;
  • Do‘stona jamoa, korporativ tadbirlar va timbildinglar.
Расскажите об этой вакансии в соцсетях

Отклик на вакансию:

Я даю согласие на обработку перс. данных в соответствии с политикой конфиденциальности Jahon School