logo

Direktor o'rinbosari yordamchisi

O'quvchilarni kompleks rivojlantirish bo'limi
Откликнуться

Jahon School direktor o‘rinbosariga yordamchi lavozimiga yosh, chaqqon va mas’uliyatli mutaxassisni ishga taklif etadi.

Mazkur lavozim maktab boshqaruv jarayonlarida direktor o‘rinbosariga bevosita ko‘maklashish, kundalik ishlarni samarali tashkil etish va ichki jarayonlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun joriy etilmoqda.

Agar siz tezkor, tartibli, analitik fikrlay oladigan va ta’lim sohasida o‘sishni istaydigan nomzod bo‘lsangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz!

Diqqat! Rezyume (CV) taqdim etilmagan nomzodlar ko‘rib chiqilmaydi.

Ariza topshirishda lavozim nomini aniq ko‘rsatish, shuningdek, aloqa ma’lumotlari va to‘liq rezyumeni biriktirish majburiy.


Обязанности

Asosiy vazifalar:

- Direktor o‘rinbosarining kundalik ish faoliyatiga tashkiliy va ma’muriy yordam ko‘rsatish;

- Ichki hujjatlar, buyruqlar va topshiriqlar bilan ishlash, ularni tizimlashtirish;

- Yig‘ilishlar, uchrashuvlar va ish rejalari bo‘yicha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish;

- Rahbariyat topshiriqlarini ijrochilarga yetkazish va bajarilishini nazorat qilish;

- Ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qisqa hisobotlar tayyorlash;

- Ta’lim jarayoniga oid operativ masalalarda rahbariyatga ko‘maklashish;

- Ichki bo‘limlar bilan samarali aloqa o‘rnatish.


Требования

Talablar:

- Yosh: 18–25 yosh;

- Ta’lim sohasida ishlaganlik afzallik beradi;

- Rus va ingliz tillarini bilish (kamida muloqot darajasida);

- Kompyuter savodxonligi (Word, Excel, PowerPoint, Google Sheets);

- Tezkor, chaqqon va mas’uliyatli bo‘lish;

- Analitik fikrlash va ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati;

- Tashkiliy va muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

- Yangi bilimlarni tez o‘zlashtira olish va o‘sishga intilish.

Условия

Biz taklif qilamiz:

- Barqaror ish o‘rni va professional jamoa;

- Ish vaqti: Dushanba–Juma: 09:00 – 18:00

Shanba: qisqartirilgan ish kuni

- Maktab hisobidan mazali bepul tushlik

- Ta’lim sohasi va boshqaruv yo‘nalishida tajriba orttirish imkoniyati;

- Kasbiy va shaxsiy rivojlanish uchun real o‘sish imkoniyatlari;

-Do‘stona jamoa va tizimli ish muhiti.

Расскажите об этой вакансии в соцсетях

Отклик на вакансию:

Я даю согласие на обработку перс. данных в соответствии с политикой конфиденциальности Jahon School